Luis Enrike: "Ispaniya termasi Millatlar ligasini yutishni istaydi"

Mirjalol Normatov
5 okt 2021, 13:33
Ispaniya termasi bosh murabbiyi Luis Enrike Millatlar ligasida Italiyaga qarshi yarim final oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ushbu turnirni yutishni istaymiz. Yevropa chempionlarining maydonida o'ynashimizni yaxshi bilamiz. Ushbu raqibga qarshi o'yin bizning darajamizni ham aniqlab beradi. Bundan ortiq ishtiyoqning o'zi bo'lmaydi. O'yinni intiqlik bilan kutyapman", - dedi Enrike.

Italiya va Ispaniya termalarining o'yini chorshanba tunida bo'lib o'tadi. Ikkinchi yarim finalda Fransiya va Belgiya termalari to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com