Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi
08 dek 2022 16:50
Yangiliklar


Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike o'z lavozimini tark etdi.
Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar berdi.
Mutaxassis jamoaning 1/8 finalda Marokashga qarshi o'yindagi mag'lubiyatidan so'ng (0:0, penaltidan – 0:3) shunday qarorga kelgan. SHu tariqa, jamoa JCH-2022 bilan xayrlashdi.
Enrike 2019 yilda ikkinchi marta Ispaniya boshqaruviga kelgandi. Jamoa uning qo'l ostida Evro-2020 yarim finaliga chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar