Luis Enrike: Evropa Superkubogi uchun o'yin tarixga kirish uchun yaxshi imkoniyat
11 avg 2015 07:30
Yangiliklar


Luis Enrike: Evropa Superkubogi uchun o'yin tarixga kirish uchun yaxshi imkoniyat
Barselona bosh murabbiyi Luis Enrike UEFA Superkubogi doirasidagi Sevilyaga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
Bizni mavsumning ilk rasmiy o'yini kutmoqda, qanchalik tayyorligimizni sinab ko'ramiz. Biz haqiqiy chempionlarga qarshi o'ynaymiz. Sovrin uchun bahs – bu haqiqiy sinov. G'alaba uchun harakat qilamiz.
Sevilya – kuchli raqib, uni mag'lub etish qiyin. G'alaba uchun juda kuchli o'ynashimiz kerak. Qancha ko'p sovrin yutsang shuncha yaxshi, Evropa Superkubogi uchun bahs tarixga kirish uchun yana bir imkoniyat. Biz buni qilishimiz kerak, – deydi Luis Enrike.
Eslatib o'tamiz, Barselona – Sevilya uchrashuvi bugun Tbilisida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar