So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  10 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

Luis Enrike: Biz o'z o'yinimizni ko'rsatimiz kerak Yangiliklar

Luis Enrike: Biz o'z o'yinimizni ko'rsatimiz kerak

ECHL finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Barselona bosh murabbiyi Luis Enrike ishtirok etdi.

Jamoamiz o'zi istagan natijalarni qayd etib kelmoqda. Biz shu vaqtgacha ikkita sovrinni yutishga erishdik. Endi navbat uchinchisiga. Maydonning o'rta chizig'i hujum va himoya uchun asosiy joy. Biz himoyada ham, hujumda ham etakchilik qilishimiz kerak. "Barselona" o'z o'yinini ko'rsatishi lozim. To'pni to'liq nazorat qilib, raqib darvozasi oldida vaziyatlar yaratgan holda ularga o'ynash imkonini bermasligimiz zarur. 

O'ylashimcha, to'p nazorati bizning qo'limizda bo'ladi. Biz uchrashuvni ko'p qismini raqib jarima maydonchasi oldida o'tkazishni rejalashtirganmiz. Finalda yuqori darajada o'ynashimiz talab etiladi. Final oson kechmaydi. "Yuventus"ning o'yin uslubi ham biznikiga o'xshab ketadi. Ularga ham to'p kerak. 

"Yuventus" himoyada juda kuchli. Aynan shu uchun ham ularda ham "trebl"ni nishonlash imkoniyati bor. Juda ehtiyotkorlik bilan o'ynashimiz kerak.

Biz ushbu mavsumda juda ko'p gol kiritidik. Lekin unutmaslik kerakki, bu final. Final esa umuman boshqa tipdagi o'yin. Bu erda juda yuqori bosim ostida qolasiz. SHu bosimni engib o'tishga harakat qilamiz. 

Qaysi jamoa bosimni engib o'ta olsa, o'sha klub yakunda muvaffaqiyat qozonadi. 

Men o'z faoliyatimdan minnatdorman. Futbolchilik faoliyatimni 2004 yilda yakunlagandim, hozir murabbiy sifatida ishlayapman. Faoliyatimni qo'lga kiritilgan sovrinlar bilan o'lchamayman. Nima bo'lgan taqdirda ham faoliyatimni borishidan minnatdorman. Men grand jamoani boshqarish qanday ekanligini juda yaxshi bilaman. Men o'z ishimni bajaraman, bu odamlarga qanchalik yoqishi yoki yoqmasligi ikkinchi darajali.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика