Luis Enrike bir savoldan so'ng matbuot-anjumanini tark etdi
29 apr 2017 13:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/251075_original.jpg)
![](/upload/storage/251075_220.jpg)
Luis Enrike bir savoldan so'ng matbuot-anjumanini tark etdi
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Espanol"ga qarshi bahs oldidan bo'lib o'tgan matbuot-anjumanida "L’Equipe"da elon qilingan murabbiylar jadvalida 13-o'rinni egallab turgani haqidagi savoldan so'ng xonani tark etdi.
Luis Enrike ushbu savolga shunday javob qaytardi: "13-o'rinni yaxshi ko'raman". Bundan so'ng murabbiy stoldan turdi va jurnalistlarga bir gapni aytib matbuot-anjumanini tark etdi: "Oz qoldi".
Luis Enrike matbuot-anjumanida "Real"ning qolgan uchrashuvlari taqvimi haqidagi savolga javob berishni istamadi: "Sizlar bilan bu o'yinni o'ynamayman. Har bir jamoa o'z vazifasini bajaradi" - deydi murabbiy.
Luis Enrike joriy mavsum oxirida klubni tark etadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar