Luis Enrike "Barselona"dagi jarima tizimini qayta tikladi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2015, 16:46
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Pep Gvardiola davridagi jarima sankciyalari tizimini qayta tikladi.

Oldinroq Kataloniya klubida quyidagi jarima tizimi amal qilgan edi:

Jarimalar 500 evrodan 6 ming evrogacha bo'lgan. Futbolchilar mashg'ulotga kech qolganida 500 evro, besabab mashg'ulotlarga kelmaganda 6 ming evro to'lagan.

Bu tizimni o'tgan mavsumda jamoani boshqargan Xerardo Martino bekor qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com