Luis Enrike: “17 yoshda kishi engil o'ylashi mumkin, biroq faqat Ansu Fati emas”
07 sen 2020 09:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/590907_original.jpg)
![](/upload/storage/590907_220.jpg)
Luis Enrike: “17 yoshda kishi engil o'ylashi mumkin, biroq faqat Ansu Fati emas”
Ispaniya terma jamoasi ustozi Ukrainaga qarshi bahsdan so'ng (4:0) fikrlari bilan bo'lishdi.
“Ortda qolgan haftada qilgan mehnatlarimizdan faxrlanaman. Vaqtni samarali o'tkazdik. Har bir o'yinchidan hech qanday istisnolarsiz aytishim mumkin, nimani kutgan bo'lsam, shuni oldim. Ko'rganlarimga amin bo'lgan holda ayta olamanki, bu o'yinchilar jamoani faqatgina kuchaytiradi. 17 yoshda kishi engil o'ylashi mumkin, biroq Ansu emas. U to'g'ri yo'nalishda olg'a borish uchun nima qilish kerakligini biladi. U o'zi bilan hozir sodir bo'layotgan narsalarni kamtarlik va tabiiylik bilan qabul qiladi”, — deydi Luis Enrike.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar