Luis Adriano faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
03 fev 2022 19:38
Yangiliklar
Luis Adriano faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
Braziliyalik taniqli hujumchi Luis Adriano "Antalyaspor" bilan kelishib oldi.
Jurnalist Fabricio Romanoga ko'ra, 34 yoshli futbolchi yangi klubi bilan 2023 yilning iyuniga qadar kelishuv tuzish uchun Turkiyaga uchib ketdi.
Transfer bahosi 800 ming evroni tashkil etuvchi forvard "Antalyaspor"ga erkin agent sifatida qo'shiladi.
Adrianoning so'nggi jamoasi "Palmeyras" sanaladi. U "yashil-oqlar" uchun 104 o'yinda qatnashib, 32 ta gol urgan va 10 ta golga assistentlik qilgan.
Braziliyalik tajribali o'yinchi "SHaxtyor", "Milan" va "Spartak"dagi o'yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish.
Fikrlar