Lui van Gal: "Yutishimiz ham mumkin edi"

27 okt 2014, 02:14
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal "Chelsi" bilan bo'lgan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Futbolchilarimga "Chelsi"ni yutishga qurbimiz yetishi aytgandim. Lekin bu narsani amalga oshira olmadik. Bu bizning aybimiz. Chempionat peshqadami ustidan qozonilgan g'alaba zo'r bo'lardi. Men natijadan qoniqmadim. Yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Muxlislarga qo'llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Chetlatish o'yin natijasiga ta’sir etmadi. Ivanovich uchrashuv so'nggida qizil kartochka oldi. Raqib gol urganidan so'ng bizga yanada qiyin bo'ldi. O'ylashimcha, bugun gol urishga loyiq o'ynadik.


Manba: sports.ru