So’nggi yangiliklar

19:20"Манчестер Юнайтед" ЕЧЛнинг энг яхши дарвозабонларидан бирини нишонга олди  0 19:15Суперлига. "Насаф" – "Бунёдкор" 1:0 (матнли трансляция)  7 19:10Суперлига. “Қўқон-1912” — ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  25 19:04Суперлига. "Пахтакор" – "Бухоро". Таркиблар маълум  6 18:56Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Хитойга имкониятни бой берди  1 18:45"Эл Класико" трансляцияси устида 500 дан ортиқ мутахассис ишлайди  6 18:30"Нефтчи" "Андижон"ни ишончли ҳисобда ютган дербидан ГАЛЕРЕЯ  2 18:20АПЛ. "Саутгемптон" – "Манчестер Сити" ва бошқа учрашувлар таркиби маълум  19 17:45ОКМК 6 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти  1 17:21Абрамов "Динамо"ни тарихий рекорд сари етакламоқда  4 17:04"Бухоро" 29 йиллик нохуш анъанасига чек қўядими?  2 16:38"Бруну Фернандеш сотилмайди". Рубен Аморим — "Ал Ҳилол"нинг қизиқиши ҳақида  2 16:10Камолиддин Мурзоев "Насаф" - "Бунёдкор" учрашуви олдидан нима деди?  3 15:48"Бизга учта ғалаба керак ва жамоамиз ЕЧЛда бўлади" — Пеп Гвардиола  7 15:20"Қўқон-1912" стадиони ОКМК билан беллашувга тайёр!  9

Lui van Gal "Vest Bromvich"ga qarshi o'yindan oldin matbuot-anjumanida Yangiliklar

Lui van Gal "Vest Bromvich"ga qarshi o'yindan oldin matbuot-anjumanida

Angliya chempionati 35-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Vest Bromvich" uchrashuvidan oldin Lui van Gal ishtirokidagi matbuot anjumanini etiboringizga havola qilamiz.

- Bundan oldingi matbuot-anjumanida "Vest Bromvich" murabbiyi Toni Pyulis sizning jamoangiz kelasi mavsumda chempionlik uchun kurashadi deb aytdi. Bu to'g'rimi?

- "Manchester Yunayted" maslahat kengashi bu vazifani uddalashim uchun 3 yil muddat berishgan. Pyulisning gaplari to'g'ri.

- CHempionlik poygasida kelasi mavsum ishtirok etishingizga ishonchingiz komilmi?

- Bu mavsum chempionlik uchun kurashmaymiz, ammo ikkinchi o'rinni egallashimiz mumkin. "CHelsi" boshqa klublardan ancha o'zib ketgan, lekin kelasi mavsumda hammasi boshqacha bo'lishi mumkin. Keyingi yil bizda umuman boshqa jamoa bo'ladi.

- Kamchiliklar juda ko'p emasmi. Bu muammolarni bir yil ichida hal bo'lishiga ishonasizmi?

- Top-klublarga qarshi o'yinlarimizni ko'rdingiz. Ular bilan deyarli teng o'yin ko'rsatyapmiz.

- Jamoaning kamchiliklarini yo'qotish uchun ko'proq qaysi jihatga etibor bermoqchisiz? Transer oynasida faollikkami, murabbiyning futbolchilar bilan ko'proq ishlashigami yoki futbolchilar tahliligami?

- Bizga muvozanat kerak. Bu haqida juda ko'p gapirganman. Bunga qo'shimcha ravishda mavsum oldi tayyorgarlik ham muhim. AQSHda ikkita baza bor, demak o'yinlarga samolyotda uchmaymiz, avtobusda boramiz. "Manchester Yunayted" rahbarlari mening takliflarimni qabul qilishdi. Tayyorgarlik yaxshiroq bo'ladi. Joriy mavsumni yomon boshlagan edik. Musobaqaning birinchi uchrashuvlarini hisobga olmasak, jamoa "CHelsi" bilan deyarli teng ochko yig'di. Ammo keyingi safar mavsumni yaxshiroq boshlaymiz. Hozir yangi mavsumga tayyorgarlik haqida o'ylayapman. Bu yildagidan ko'ra yaxshiroq natija qayd etishimiz lozim.

- Bu mavsumda sizga jarohatlar ham halaqit qildi. Jarohatlar soni 68ta ekan. Bu juda ko'pku. Yana bunday bo'lmasligiga ishonasizmi?

- Omadsizligimizning bir nechta sababi bor va ular ichiga futbolchilarimizning jarohati ham kiradi. Mavsumning ikkinchi qisida jarohatlar kam bo'ldi va biz ko'p ochko to'play oldik. Ammo bu natijani ham yaxshilasa bo'ladi. Jarohatlar - ishimizning bir qismi hisoblanadi. Futbol - bu kurash, kurash jarohatlarsiz bo'lmaydi.

- So'nggi uchrashuvni tahlil qildingizmi? "Everton"ga qarshi o'yin tasodif bo'lganini va bu hol qayta takrorlanmaydi deya olasizmi?

- Men 25 yildan ortiq vaqt davomida murabbiy bo'lib ishlayapman va o'yindan keyin ham bu voqea birinchi marta bo'lganini takidlagan edim. Bundanda ko'p mag'lubiyatlarga ega mavsumlarni ko'rganman. Seni doimo raqib bilan solishtirishadi. Sen ham ular kabi bor kuching bilan harakat qilishing lozim. Aks holda sen omadsizga aylanasan. "Vest Bromvich"ga qarshi o'yinda bu takrorlanmasligiga umid qilaman.

- Murabbiy, siz "Yunayted"ga o'yin bermaydigan, himoyada harakat qiladigan jamoalardan xavfsirashingizni aytgansiz? Bu siz uchun muammomi?

- Ha, bu doimo muammo bo'lib kelgan. "Everton"ga qarshi juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Himoya va hujumda futbolchilarimiz o'z o'yinini ko'rsatdi. Himoyalanadigan jamoa bilan o'yinda to'pga 63% egalik qildik. Ammo futbolchilarimiz orasidagi masofa har doimgidan katta bo'ldi. Biz ko'proq raqib maydonida bo'ldik va bu narsa futbolchilarimizning o'sganiga yana bir isbotdir. SHu ruhda davom etishimiz kerak. "Everton" bilan o'yinda hakam birinchi gol urilishidan oldin Valensiya yiqitilganda o'yinni to'xtatishi kerak edi.

- Janob murabbiy, Ueyn ertaga o'ynay oladimi? Boshqa jarohatlanganlar ham bormi?

- Runi o'ynashga tayyor. Jarohat biz o'ylaganimizdanda engilroq ekan. SHou va Evansda jarohat bor.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика