Lui van Gal: "MYU muxlislari jamoaning hujumkor uslubidan zavqlanishlari kerak"
21 sen 2014 01:04
Yangiliklar
Lui van Gal: "MYU muxlislari jamoaning hujumkor uslubidan zavqlanishlari kerak"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa o'yin uslubidagi o'zgarishlar haqida aytib o'tdi.
"Manchester Yunayted" muxlislari jamoaning hujumkor uslubidan zavqlanishlari kerak. Men mavsumni boshqa sxema asosida boshlagandim. Ammo keyinchalik yangi futbolchilar sotib oldik. Endi bu futbolchilarni nimalarga qodir ekanligini ko'rishimiz kerak. Hech bir futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan. Faqatgina jamoa sardori bundan mustasno bo'lishi mumkin. Blekketning tarkibga kirishi ko'pchilik uchun syurpriz bo'lishi mumkin. Ammo u haqiqatda yaxshi o'ynamoqda.
Falkao zo'r hujumchi. Menga van Persi ham yoqadi. Bizda yana Runi, Yanuzay va Uilson bor. Ikkita joyga besh nomzod. Adnan Yanuzay 4-3-3 sxemasida o'ynaganimizda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi.
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar