So’nggi yangiliklar

10:21ПСЖ бош мураббийи ғалати сабаб билан ойлигининг ярмидан воз кечишга тайёр  0 09:40Эрик тен Хаг МЮнинг асосий муаммоси ҳақида фикр билдирди  2 08:57«Фенербахче»нинг собиқ футболчини отиб кетишди  0 08:20Суперлига. Бугун яна иккита учрашув бўлиб ўтади  2 08:00Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Эрон сўнги сонияларда пенальтидан гол ура олмади, Қозоғистон мусобақа фаворитини мағлуб этди  0 07:42U-20 Осиё кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон бугун Хитой Тайпейи билан ўйнайди  0 02:30Европа лигаси. "Рома" дуранг ўйнади, "Аякс"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  5 02:07Расман: Машарипов клуби бош мураббийсиз қол(а)ди  0 01:18Рой Кин: "Арсенал" кичик жамоа каби ўйнади"  2 00:43Эрик тен Хаг муаммо нимадалигини айтди  8 00:26Европа лигаси. "Тоттенхэм" - "Қорабоғ" баҳси кеч бошланиши сабаби маълум бўлди  0 00:05Европа лигаси. Моуринью жамоаси ғалаба билан бошлади  0 23:50Марокаш терма жамоаси дарвозабони: "Бразилияни мағлуб этиш учун боримизни берамиз"   0 23:38Иван Бошкович: “Сафарда кучли рақибни мағлуб этиш ёқимли, лекин майдон ҳолати ўйин сифатига таъсир кўрсатди”  4 23:20Сергей Лушчан: “Мухлислардан узр сўрайман. Финал олдидан бугун антифутбол ўйнадик”  10

Lui van Gal MYU boshqaruvidagi o'zining ilk g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Lui van Gal MYU boshqaruvidagi o'zining ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

APL 4-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Kuinz Park Reynjers" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
APL, 4-tur.

"Manchester Yunayted" - KPR 4:0

"Old Trafford" stadioni.

Gollar
: Di Mariya (24), Errera (36), Runi (44), Mata (58)

"Manchester Yunayted"
: De Xea, Rafael (Valensiya, 67), Evans, Roxo, Blekket, Blind, Errera, Mata (Falkao, 67), Di Mariya (Yanuzay, 83), Runi, Robin van Persi.

KPR: Grin, Isla, Ferdinand, Kolker, Xill (Traore, 46), Sandro (Xenri, 74), Kranchar, Fer, Fillips, Austin (Vargas, 59), Xoylett.   

Ogohlantirish
: van Persi (33). 

                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                         
YANGILASH


"Manchester Yunayted" muxlislarini chiroyli g'alaba bilan tabriklaymiz! Etiboringiz uchun tashakkur! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha...

Uchrashuv yakunlandi!

90`
Yanuzay ketma-ket ikkinchi imkoniyatdan foydalana olmadi.

90` Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

88`
To'p nazorati to'liq mezbonlar qo'lida.

86`
Lui van Galning MYU bosh murabbiyi sifatidagi ilk g'alabasi yirik ko'rinish oladigan ko'rinadi.

84` Radamel Falkao! Debyut o'yinida gol urish nasib etmadi, hozircha...

83`
Anxel Di Mariya o'z o'rnini Yanuzayga bo'shatib bermoqda.

82`
Di Mariya bilan hammasi joyida. Argentinalik futbolchi o'yinni davom ettiradi.

81`
Di Mariya maydonda yotibdi. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatish uchun maydonga tushishdi.

80`
Rednapp shogirdlari hech bo'lmasa bitta gol urish maqsadida oldinga borishmoqda. Ammo hamma urinishlari samarasiz yakunlanmoqda.

79`
Vargas De Xea darvozasi tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

77`
KPR raqib darvozasi oldida hech qanday vaziyat ham yarata olmayapti. Rednapp jamoasi himoyalanish bilan band.

74`
KPR safida o'zgarish bo'ladi. Sandro o'rniga Xenri tushdi.

72`
Lui van Gal jamoasi raqibini o'z jarima maydonchasi ichiga "qamab" qo'ydi.

70`
"Manchester Yunayted"ning oldi chizig'ida ajoyib "trio" yuzaga keldi. Runi - van Persi - Falkao.

69`
Qani Falkao nimalarni ko'rsatarkin?

68` MYU safida o'zgarish.
Xuan Mata o'rniga Falkao, Rafael esa o'z o'rnini Valensiyaga bo'shatib bermoqda.

67`
Anxel Di Mariya so'zsiz uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi!

65` Anxel Di Mariya!!!!!!!!!!!!!!!! Ajoyib uzatma! Qoyil! Bravissimo!
Robin van Persi Di Mariyaning ajoyib pasidan so'ng yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

64`
Runi erkalik qilgisi keldi. Ueyn uzoq masofadan darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Zarba noaniq chiqdi.

63`
"Old Trafford" yig'ilgan muxlislar Di Mariyani olqishlashmoqda.

62`
KPR burchak to'pi ishlab oldi. Ammo bundan naf chiqara olishmadi Rednapp shogirdlari.

61`
Radamel Falkao chigalyozdi mashqlarni boshladi.

60`
Uchrashuv taqdiri uzil-kesil hal etildi!

58` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MATA! Anxel Di Mariyadan ajoyib pas va Mata tablodagi hisobni - 4:0ga keltirmoqda!

57`
Mata to'pni Runi tarafga uzatdi. Lekin Uefn to'pga eta olmadi.

55`
Arman Traore mehmonlar o'yinini kuchaytira oldi. Aynan shu futbolchi hozir himoyadan-hujumga o'tayotgan edi. Lekin so'nggi pallada uning zarbasiga to'sqinlik qilib qolishdi.

53` XAVFLI VAZIYAT! Mata! Runi! Qani gol?!
Mata to'pni jarima maydonchasi ichida qabul qilib oldi va bir raqibni aldab o'tib, to'pni Runi tomon uzatdi. Ammo bu vaziyatda Grin hammadan ildamroq harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.

51`
To'p nazorati maydon egalari qo'lida.

49` Arman Traore! De Xeadan ajoyib "seyv"!

48`
KPR hujumda ishtirok etdi. Lekin Di Mariya himoyada faollik ko'rsatib, to'pni raqibidan olib qo'ydi.

47`
KPR tarkibida o'zgarish. Xill o'rniga Arman Traore tushdi.

46` Ikkinchi taym boshlandi!

- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!

45`
Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RUNI! Ander Errera Runi oldidagi "qarzi"ni uzdi. Ueyn Runi jarima maydonchasi chizig'i oldidan kuchli va aniq zarbasi bilan hisobni yiriklashtirdi, 3:0!

44`
Mata tomon oshirib berilgan to'pni Xuan to'xtata olmadi. Aniqrog'i, ulgurmadi.

42`
Ueyn Runi ham raqib darvozasini nishonga olmoqchi bo'ldi. Lekin Runi to'pga zarba berishda biroz kech qoldi.

41`
Evans bugun mezbonlar himoyasidagi eng faol futbolchi bo'lmoqda.

40`
Deyli Blind raqib futbolchisidan to'pni olib qo'ydi va o'z jamoasining navbatdagi hujumini boshlab berdi.

39`
KPR asta-sekin oldinga intilmoqda. Lekin ularning tashkil qilayotgan hujumlarini yakuniga etmay uzilib qolmoqda.

38`
Lui van Gal jamoasi hujum qilishdan to'xtamayapti. KPR esa biroz o'zini yo'qotib qo'ydi.

36` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ERRERA! Di Mariyaning faolligi evaziga tashkil etilgan hujumni Runi rivojlantirdi va Errera o'zining aniq zarbasi bilan vaziyatni samarali yakunladi, 2:0!

36`
Xarri Rednapp o'z shogirdlariga kerakli ko'rsatmalarni bermoqda. Albatta u jamoasining o'yinidan qoniqmayapti.

34`
Hisob o'zgarmay qoldi. O'yin davom etmoqda.  Maydon egalarining hujumlari biroz kamaydi. Mehmonlar endi faollikni oshirishmoqda.

32` De Xeadan MYU muxlislariga "salom!"
Ispaniyalik posbon Manuel Noyerga o'xshashga harakat qildi. Ammo uning bu ishi o'xshamadi. Sal qolsa bo'sh qolgan darvozaga KPR hujumchisi Xoylett to'p kiritishi mumkin edi. Evans bu vaziyatda jamoasi joniga oro kirdi.

31`
Robin van Persi Di Mariyaning uzatib bergan to'piga bosh bilan zarba berdi. Noaniq.

30`
KPR raqibidan to'pni olishga urinmoqda.

29`
Maydon egalari to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.

28`
Errera jarima maydonchasi ichiga yiqildi va hakamdan penalti so'radi. Ammo bu vaziyatda qoida buzilmagan edi.

27`
KPR ham endi oldinga borishga majbur. Lekin hozircha "Manchester Yunayted" ularga bu imkoniyatni taqdim etmayapti.

25`
Di Mariya to'pni jarima maydonchasi tomon oshirgan bo'lishi mumkin. Lekin to'p hech kimga tegmasdan to'g'ri darvozaga borib tushdi.

24` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DI MARIYA! Anxel Di Mariya chamasi 34 metrlar masofadan jarima to'pidan unumli foydalandi va hisobni ochdi, 1:0!

23` Di Mariya o'z qanotida ancha faol o'ynamoqda

22`
KPR ham o'z omadini izlashga urinib ko'rmoqda. Ammo ularning oldi chiziqda ishlari unchalik yurishmay turibdi.

20`
Anxel Di Mariya o'zining tezligini ishga soldi va chap qanotdan raqib darvoza tomon yurish qildi. Uning jarima maydonchasi ichiga tashlab bergan to'pini raqib himoyachisi bartaraf etishga ulgurdi.

19`
Maydon egalari faollik bilan harakat qilishmoqda. Lekin ularga aniqlik etishmayapti.

18` Xavfli vaziyat
- bo'lishi mumkin edi! Agarda van Persi aniqroq harakat qilganida, yoki to'pni Erreraga qoldirganida...

17`
KPR to'pni tezda yo'qotib qo'ymoqda.

15`
Markos Roxo va Di Mariyaning kombinaciyasidan so'ng Roxo to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi. Lekin himoyachilar va raqib posboni bu vaziyatda aniq harakat qilishdi.

14`
KPR ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynamoqda. MYU esa birinchi raqamli jamoa sifatida o'z imkoniyatlaridan foydalanish yo'llarini izlamoqda.

13`
KPR ham oldinga o'tmoqchi bo'ldi. Lekin jarima maydonchasi tomon oshirib berilgan to'pga De Xea egalik qildi.

12`
O'yin maydonning ikkinchi yarmida kechmoqda. To'p bilan mezbonlar futbolchilari. Errera zarba bermoqchi bo'ldi. Lekin himoyachilar bu vaziyatda aniq harakat qilishdi.

11`
Hozircha ustunlik mezbonlar tarafida. KPR esa yaxshi himoyalanmoqda.

10`
Xuan Mataning darvoza tomon tepgan to'pi mo'ljalga aniq bormadi.

9`
Bugun "Manchester Yunayted" safida Blind va Roxo kabi futbolchilar o'zlarining debyut uchrashuvlarini o'tkazishmoqda. Anxel Di Mariya esa "Old Trafford"dagi ilk o'yinida ishtirok etmoqda. SHuningdek, yana bir debyutant - Radamel Falkao ham bugun maydonga tushishi mumkin.

8`
Di Mariya navbatdagi burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin uning oshirib bermoqchi bo'lgan to'pi noaniq ketdi.

7`
"Manchester Yunayted" burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin KPR himoyachilari bu vaziyatda ishonchli harakat qilishdi.

6`
Blind esa tayanch yarim himoyachisi sifatida harakatlanmoqda.

5`
O'ng qanotda Rafael, o'rtada Blekket va Evans harakat qilishayotgan bo'lsa, chapda Roxo o'ynamoqda.

4`
Lui van Gal bugun o'zining avvalgi uslubiga mos ravishda uch himoyachi bilan emas, balki to'rt himoyachi bilan harakat qilmoqda. 

3`
Anxel Di Mariya o'z qanotidan hujum tashkil etdi. Uning jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pga Runi zarba bera olmadi.

2` Maydon egalari hujumkorlik bilan o'yinni boshlashmoqda.

1` Uchrashuv boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

MYU muxlislari bugun jamoasidan g'alaba kutishmoqda


Falkao va Blind stadionga kirib kelishmoqda


- Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda.

- "Manchester Yunayted" va KPR jamoalarining oxirgi to'rtta o'yinida "qizil iblislar" ustun kelishgan.

- "Manchester Yunayted" safiga yaqinda kelib qo'shilgan Roxo va Blind uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi. Radamel Falkao esa zaxirada qoldirilgan. Argentinalik futbolchi Anxel Di Mariya ham uchrashuvni dastlabki daqiqlardan boshlaydi.

- Lui van Gal shogirdlari dastlabki uchta bahsni ikkitasida durang va bitta o'yinda mag'lubiyatga uchrashgan. Bugun balki ilk g'alabani qo'lga kiritishar? Buni vaqt ko'rsatadi.

- Xizmatingizda kamina, SHahboz Beg'amov bo'ladi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Angliya premer ligasining 4-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - KPR jamoalari o'rtasidagi bahsdan matnli onlayn translyaciyamizni boshlaymiz.

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика