Lui van Gal: De Xea maydonga tushmayman dedi
14 avg 2015 07:50
Yangiliklar


Lui van Gal: De Xea maydonga tushmayman dedi
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Lui van Gal David De Xea nima uchun APL 2-turida Aston Villaga qarshi o'ynay olmasligini malum qildi.
Frans Xuk (MYU darvozabonlar murabbiyi) De Xea bilan suhbatlashdi. U so'radi: Maydonga tushishni istaysanmi? De Xea javob berdi: Yo'q.
Men qaror qabul qilishim kerak. Bu jarayoon. Biz De Xeani mavsumoldi yig'inlar vaqtida kuzatdik. Bu oldingi De Xea emas. David bizning qarorimizga to'liq qo'shiladi, doim yordamchilarim bilan birga qaror qabul qilaman.
Hozir barchasi Serxio Romero va uning formasiga bog'liq. De Xea yana maydonga tushmaydi, – deydi van Gal.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli darvozabonga Madridning Real klubi qiziqish bildirmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar