Luchesku "Fenerbaxche" muxlislari tufayli matbuot anjumanida ishtirok etmadi
28 iyu 2022 20:25
Yangiliklar


Luchesku "Fenerbaxche" muxlislari tufayli matbuot anjumanida ishtirok etmadi
Kievning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasiga qarshi CHempionlar Ligasi saralashining 2-bosqichi javob uchrashuvidan (2:1) keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida qatnashmadi.
Mahalliy OAVning yozishicha, bunga Turkiya klubi muxlislarining o'yin davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomini aytib, hayqirishgani sabab bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, jamoalarning birinchi uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlangandi. Javob uchrashuvida esa kievliklar qo'shimcha vaqtda g'alabani ilib ketishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar