Lovren: “Kroos haq, o'yinlar taqvimi aqldan ozdiradi”
12 noy 2020 19:55
Yangiliklar


Lovren: “Kroos haq, o'yinlar taqvimi aqldan ozdiradi”
“Zenit” himoyachisi Deyan Lovren “Real” xavbeki Toni Kroosning fikrlariga qo'shildi.
Kroos UEFA va FIFAni tanqid qilib, turnirlar ko'paygani futbolchilarning jismoniy holatiga tasir o'tkazayotgani haqida gapirgandi.
“Odamlar jarohatlar qaerdan bunday ko'payib ketganidan hayron bo'lmoqda. O'yinlar juda ham ko'p, tiklana olmaysiz, bu yil koronavirus tufayli g'alati o'tmoqda. Na to'liq dam olish, na mavsumga to'liq tayyorgarlik bo'ldi, undan keyin esa aqldan ozdiruvchi taqvim.
Kroos haq va ko'plab murabbiylar ham buni bir necha bor aytishgandi, ammo hech kim ularga quloq solmayapti. O'yin taqvimlarini tuzayotganlar ushbu mavzuni o'ylab ko'rishlari kerak”, deydi Lovren.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar