Lotereya o'yini sabab O'zbekiston Superligasi o'yinlari vaqti o'zgartirildi
20 fev 2018 16:08
Yangiliklar


Lotereya o'yini sabab O'zbekiston Superligasi o'yinlari vaqti o'zgartirildi
Bu haqda telekanalning telegramdagi sahifasida malum qilingan.
Manba bergan malumotga ko'ra, «juda ko'plab yurtdoshlarimiz kuzatib boradigan» «Omad Lotto» teleo'yini har shanba, soat 19:30da efirga uzatilib kelinmoqda. SHu sabab, telekanal shanba kuni bo'lib o'tadigan futbol o'yinlarining boshlanish vaqtini soat 17:30 qilib belgilash borasida O'z PFLga taklif bilan chiqdi. SHanba dam olish kuni bo'lib, bu futbol muxlislariga stadionga kelish uchun ortiqcha muammo tug'dirmasligini va Sport TV efir dasturini inobatga olgan O'zPFL 3 mart kuni bo'lib o'tadigan o'yinlarning boshlanish vaqtini soat 17:30 qilib belgilagan.
Malumot uchun, Superliga doirasidagi tur o'yinlari 6ta uchrashuvdan iborat bo'lib, uch kun davomida ikkitadan o'yin Sport telekanali orqali namoyishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar