Loris: "Payet ajoyib gol urib hammamizni qutqardi"
11 iyu 2016 10:51
Yangiliklar
Loris: "Payet ajoyib gol urib hammamizni qutqardi"
"Bugungi asosiy maqsadimiz 3 ochko edi. Uchrashuv og'ir o'tdi. Ammo g'alaba qozonish uchun kerakli harakatlarni amalga oshira oldik. Payetni tabriklashimiz kerak, u fantastik gol urdi.
Birinchi bo'limdagi seyvim? Men shunchaki o'z vazifamni bajardim. Biz doimo jamoa uchun borimizni beramiz. O'yinni o'zimiz xohlagandek boshlay olmadik. Ammo vaqt o'tishi bilan ustunlik biz tomonga o'tdi.
Bahsning og'ir payti o'tib ketganini his qilganimizdan so'ng, ruminiyaliklar penalti ishlab oldi. Keyin esa Payet o'zining ajoyib goli bilan bizni qutqardi.
Payet qanchalik iqtidorli ekanligini hamma bilsa kerak. U turnirni ijobiy boshlagan yaxshi bo'ldi. G'alaba - jamoa mehnati. Asosiysi etakchi futbolchilar o'zining bor kuchini ishga solishi" - deydi Loris.
Fikrlar