Loris 2019 yilda boshqa maydonga tushmaydi
07 okt 2019 21:45
Yangiliklar
Loris 2019 yilda boshqa maydonga tushmaydi
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham "Tottenxem" darvozaboni Ugo Lorisning tiklanish muddati haqida gapirib o'tdi.
Franciyalik futbolchi APL 8-turining "Brayton"ga qarshi o'yinida qo'lidan jiddiy jarohat olgan edi.
"Ugo qachon safga qaytishini aniq aytish qiyin. Uning bu va keyingi Evro-2020 saralash o'yinlarida yordam bera olmasligi malum bo'ldi. Loris 2019 yil maydonga qaytmasligi haqiqatga yaqin", — deya Deshamning so'zlaridan iqtibos keltirdi France 24 nashri.
Fikrlar