Lorente: “Bu xuddi tushday. Men chempion bo'lmoqchiman”
03 iyu 2013 11:52
Yangiliklar


Lorente: “Bu xuddi tushday. Men chempion bo'lmoqchiman”
"Men Yuventus Skudettoni uchinchi marta ketma-ket yutishida o'z hissamni qo'shmoqchiman. Bungacha faqat 1935 yilda bunday ko'rsatkichga erishilgan".
"Men 14 raqamni yoqtirganim uchun uni tanladim. Yuve bu buyuk jamoa va ular meni jamoaga qabul qilganlari men uchun sharaf. Bu erda o'ynash men uchun orzu edi”.
“Menga Ibragimovich yoqadimi? U juda ajoyib futbolchi va bizning o'yinimiz o'xshash. Menga uning o'ynash uslubi yoqadi va men uni ko'p kuzatib boraman”.
“Teves Del Pieroning o'rniga, Lorente esa Trezege o'rniga keldimi? Tevez va men bu erdagi yagona hujumchilar emasmiz. Hozirda Yuveda olti nafar hujumchi bor va Konte shular orasidan tanlashi kerak bo'ladi. Men uchun eng muhimi gol urish emas, eng muhimi jamoa uchun foydali bo'lish va g'alaba qozonish", dedi futbolchi.

Fikrlar