Lorenco Insine: "Yuventus"ga Sarri tayinlanishi "Napoli" uchun xiyonat bo'ladi"
06 iyu 2019 19:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/499875_original.jpg)
![](/upload/storage/499875_220.jpg)
Lorenco Insine: "Yuventus"ga Sarri tayinlanishi "Napoli" uchun xiyonat bo'ladi"
"Napoli" sardori Lorenco Insine jamoaning sobiq murabbiyi Mauricio Sarri Turin klubini boshqarishi haqidagi malumotga fikr bildirdi.
"Ha biz neapolliklar uchun albatta xiyonat bo'ladi. Men hali ham Sarri fikrini o'zgartiradi, deb umid qilaman (kuladi).
Lekin, murabbiy - bu kasb va Sarri "Napoli" uchun hammasini berganini yodda tutish kerak. Men uchun ham u bilan ishlash ko'p jihatdan juda muhim edi.
Qisqasi, "Yuventus"ni tanlasa bizga og'riqli bo'ladi. Lekin, bu uning qarori. Yana qaytaraman, Sarri "Napoli"ga o'zidagi barcha narsani berdi", - deydi Insine.
Avvalroq, Sarri juda qiziq fikr bildirgandi.
Sarri "Napoli"dan keyin "Yuventus"da ishlash haqida: "Ajrashgan xotinimga sodiq bo'lishim kerakmi?"
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar