Loran Blan: "Ibragimovich "Barselona"ga qarshi o'ynay oladi degan umiddaman"
29 sen 2014 13:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/146142_original.jpg)
![](/upload/storage/146142_220.jpg)
Loran Blan: "Ibragimovich "Barselona"ga qarshi o'ynay oladi degan umiddaman"
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan CHempionalar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi bahsda hujumchi Zlatan Ibragimovich maydonga tushishiga umid qilmoqda.
Bir hafta oldin shved futbolchisida kichik jarohat aniqlangan edi. Tiago Silvaning ham oyoqqa turish vaqti nomalum.
"Ibragimovich "Barselona" bilan o'yinga tayyor deb umid qilaman. Biz Silvaning davolanish jarayonini kuzatib boryapmiz, ammo u aniq o'ynamaydi. Hozirda u qachon qaytishini bilmayman" - deydi Blan.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar