Lopetegining agenti: "Hech qanday sud jarayoni bo'lmayapti"
07 mar 2019 16:40
Yangiliklar
Lopetegining agenti: "Hech qanday sud jarayoni bo'lmayapti"
"Real" sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegining agenti Karlos Busero o'z "tvitteri"da mutaxassis hech kim bilan sudlashmayotganini elon qildi.
Oldinroq, ispaniyalik mutaxassis sobiq klubi bilan sudlashayotgani, Lopetegi "Real"dan shartnoma bekor qilingani uchun 28 mln. evro - uch yillik maoshini talab qilayotgani haqida xabarlar elon qilingan edi.
"Real" bilan shartnomani bekor qilishga 5 daqiqa vaqt ketdi va ikkala tomon iliq munosabatlarni saqlab qoldi. Barcha shartlar bitimda yozilgan va hech qanday sud jarayoni bo'layotgani yo'q" - deb yozdi Busero.
"Real" 2018 yilning oktyabrida mutaxassis bilan kelishuvni bekor qilgan edi. Mutaxassis Madrid klubida bor-yo'g'i 4 oy ishladi. Jamoa uning qo'l ostida 17 yil ichida ilk marta LaLiga turnir jadvalida sakkizinchi o'rindan pastga tushdi va "Real"dagi so'nggi o'yinida "Barselona"ga 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar