Lopetegi "Sevilya"ni "Real" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Alisher
22 iyun 2019, 16:37
Madridning "Real" klubi himoyachisi Nacho tez orada "Sevilya" futbolchisiga aylanishi mumkin.

29 yoshli futbolchining xizmatlariga shaxsan andalusialiklar bosh murabbiyi Xulen Lopetegi qiziqmoqda. Lopetegi Nacho bilan "Real"da 2018 yilda birga ishlagan.

Faqatgina bitta muammo Nachoning "Real"da ko'p maosh olishi bo'lib turibdi. Klub futbolchining "Sevilya"ga o'tishi uchun yaxshi maosh to'lashlari kerak.

Nacho yakunlangan mavsum 20ta o'yin o'tkazib, 1ta samarali to'p uzatishni amalga oshirgan.

"Sevilya" 2018/19 yilgi mavsum La Ligada 5-o'rinni egallagani uchun Chempionlar Ligasiga chiqish huquqidan mahrum bo'ldi. "Real" esa chempionatni "Barselona" va "Atletiko"dan so'ng 3-o'rinda yakunlab to'g'ridan-to'g'ri CHLga yo'llanma oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo