Lopetegi: "O'zimizning maksimum imkoniyatlarimizni ko'rsatishimiz kerak"
11 avg 2020 10:44
Yangiliklar
Lopetegi: "O'zimizning maksimum imkoniyatlarimizni ko'rsatishimiz kerak"
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Evropa Ligasi 1/4 final doirasidagi "Vulverxempton"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz barcha qiyinchiliklarga tayyormiz. Evropa Ligasi formati biroz o'zgardi. O'zimizning maksimum imkoniyatlarimizni ko'rsatishimiz kerak.
G'alaba qozonishimiz uchun ajoyib o'yin ko'rsatishimiz shart. Siz o'zingizning o'yiningizga etibor qaratishingiz va shaxsiy ustunliklaringizdan foydalanishingiz kerak. Raqib juda jiddiy. O'yin teng va murosasiz bo'ladi deb o'ylayman", - deydi Lopetegi.
Eslatib o'tamiz, o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar