London safari oldidan MYUda yana bir yo'qotish bo'lishi mumkin
25 fev 2019 20:57
Yangiliklar


London safari oldidan MYUda yana bir yo'qotish bo'lishi mumkin
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford chorshanba kuni bo'ladigan "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Forvard "Liverpul"ga qarshi o'yinning katta qismini jarohati bilan o'tkazdi.
Uning hozirgi holatiga klub bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher shunday baho berdi:
"O'yin davomida barchasini ko'rdim. Markus jangchi kabi o'ynadi. Ammo hujumchi endi davolanishi kerak. Agarda chorshanba kuni u maydonga tushsa, bundan ajablanaman.
U ancha oldin to'pig'ini jarohatlab olgandi. Uni o'zgartirishga esa ilojimiz yo'q edi. O'yinda 10 yarim kishi bo'lib harakat qildik. Markusning matonatiga qoyil qoldim", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar