London klublari Isak uchun davogarlik qilishmoqda
21 may 2022 15:33
Yangiliklar
London klublari Isak uchun davogarlik qilishmoqda
"Real Sosedad" hujumchisi Aleksandr Isak APL klublari orasida talabga ega bo'lmoqda.
Skandinaviyalikning yangi ish joyi Londonning "Tottenxem" klubi bo'lishi mumkin. "SHporlar" ustozi Antonio Konte rahbariyatdan ushbu o'yinchi bilan shartnoma imzolashni so'ragan.
Isak bilan hamkorlikka shuningdek Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" uni klubdan ketgan Per-Emerik Obameyangga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
22 yoshli forvardning "Real Sosedad" bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Isak 40 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar