London klubi Simeonening o'g'lini nishonga oldi
21 jan 2021 15:54
Yangiliklar


London klubi Simeonening o'g'lini nishonga oldi
"Kalyari"ning argentinalik forvardi Jovanni Simeone faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeonening 25 yoshli o'g'li uchun "Vest Xem" davogarlik qilmoqda.
Klub Jovanni Simeoneni keyinchalik xarid qilish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishga tayyor.
Simeone joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar