London klubi Reshford uchun kurashda kutilmaganda etakchilik qilmoqda
26 jan 19:01
Yangiliklar
London klubi Reshford uchun kurashda kutilmaganda etakchilik qilmoqda
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford faoliyatini "Vest Xem"da davom ettirishi mumkin.
"Bolg'a urarlar" 27 yoshli angliyalik uchun kurashda kutilmaganda boshqalardan oldinga o'tib oldi. "Barselona" Reshford o'z qarorini o'zgartirganidan juda ham norozi.
Reshford MYU tarbiyalanuvchisi. U faoliyati davomida ingliz klubi tarkibida 426ta o'yinda maydonga tushib, 138ta gol va 63ta assist qayd etdi.
Fikrlar