London jamoalari yangi mavsum oldidan o'rtoqlik turniri tashkil etmoqchi
13 may 2021 20:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636785_original.jpg)
![](/upload/storage/636785_220.jpg)
London jamoalari yangi mavsum oldidan o'rtoqlik turniri tashkil etmoqchi
“CHelsi”, “Arsenal” va “Tottenxem” mavsumoldi mini-turnirini tashkil etish bo'yicha muzokara olib bormoqda.
O'rtoqlik uchrashuvlari maqomidagi bahslar Angliyada o'tishi rejalashtirilmoqda.
O'yinlardan tushadigan mablag'ning asosiy qismi xayriyaga sarflanishi aytilmoqda. London klublari ushbu choralar orqali Evropa Superligasi bilan bog'liq mashmashalardan so'ng, o'z imijlarini tiklab olishga umid qilmoqda.
Kichik musobaqa o'tkazilishiga haqiqatga yaqin. APL klublari yangi mavsum oldidan tayyorgarlik jarayonini boshqa mamlakatlarda olib borar edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli bu galgi yig'inlarda cheklovlar kuzatilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar