So’nggi yangiliklar

01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  3 00:41"Челси" "Реал" ҳужумчиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  1 00:15Илёс Зейтуллаев: "Мен мураббийман, футболчининг шартнома масаласини клуб ҳал қилади"  0 00:01"Реал" — "Боруссия Дортмунд". Таркиблар маълум  8 23:41Асрор Алиқулов: "Иккинчи тайм учун йигитларга раҳмат айтаман"  1 23:22Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврада ўзимизни кўрсатиб, аввалги мақомимизга қайтмасак бўлмайди"  1 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ тўққиз киши бўлиб "Бавария"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  160 22:50Аёллар. Ўзбекистон терма жамоаси Непални пенальтилар сериясида мағлуб этиб, 23 йиллик танаффусдан сўнг Осиё чемпионатига чиқди  4 22:10Качоррининг дубли "Бунёдкор"га "Андижон" устидан ғалаба тақдим этди  44 21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  4 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  5 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  1

"Loko"ni tark etgan Jaloliddinov haqida Yangiliklar

"Loko"ni tark etgan Jaloliddinov haqida

Kecha tunda Moskvaning "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov jamoani tark etgani haqida malumot berdi.

To'satdan boshlanib ketgan "ertak" birdaniga yakunlandi-qo'ydi. Jaloliddinovning zaxirada qolib ketayotganidan xavotirlangan Timur Kapadze 28 noyabr kuni shu haqda gapirgan edi: "Jasurning hozirgi holatidan xavotirdaman. Jamoada o'yin amaliyoti berilmagani, ijaraga boshqa klubga o'tgani bilan deyarli to'rt oydan beri o'ynagani yo'q. Bu, albatta, tashvishlanarli. Keyinchalik nima yuz berishini ham bilmaymiz. Ushbu holat bolaning o'sishiga tasir qiladi. Ayniqsa mazkur yoshda zaxirada o'tirishi havotirli. To'g'ri mashg'ulotlar orqali sport formasini ushlab turishi mumkin. Biroq rasmiy o'yin umuman boshqa narsa. O'yindagi jarayon va vaziyat mashg'ulotda bo'lmasligi mumkin. SHu tomondan havotir bor".

Oldinroq o'zim ham uning "Lokomotiv"ni tanlashi xato bo'lgani, bundan faqat agentlari yutib ketishi haqida yozgan edim. Ammo, o'shan payt Jasurda "kesakdan olov chiqarib" "Lokomotiv" etakchisi, RPL yulduziga aylanib ketish imkoniyati bor edi. Nihoyat, bugun o'sha transfer haqida bemalol fikr yuritsak bo'ladi. 

O'ylashimcha, Jaloliddinovning atrofida futbolning ob-u havosini biladigan, unga to'g'ri yo'l ko'rsata biladigan maslahatgo'y yo'q. Uning agentlari ham, uni Belous bilan tanishtirganlar ham, 2019 yilda Rossiyadagi akademiyalardan biriga o'tkazmoqchi bo'lganlar ham faqat o'z manfaatlarini o'ylashdi. Qiziq-da: qanday qilib 18 yoshli futbolchini Aleksey Miranchuk bilan raqobat qilishi uchun Moskva klubiga yuborish mumkin? Qarorni o'zi qabul qilgan, deyishingiz mumkin. Lekin, Jasurning yoshidagi bolalarning fikrini har 10 daqiqada o'zgartirish mumkinligini, har qanday kishi o'z qarashlarini singdira olishini bilasiz-ku. 

Jasur 16 yoshida futbolimiz kelajagi, deb etirof qilingan, 2019 yilning oktyabrida esa "The Guardian" nashri tomonidan dunyoning eng istedodli 60 futbolchisi ro'yxatiga kiritilgan edi. Hozir-chi? Iqtidorli futbolchi ayni o'yin amaliyotiga muhtoj paytida deyarli 7 oyni rasmiy o'yinlarsiz o'tkazib yubordi. Uning o'zi saytimizga bergan intervyusida maydon tashqarisida qolib ketgani zarariga ishlamasligini, aksincha, Miranchuk bilan mashg'ulot o'tkazgani foyda bergani haqida aytdi. Ammo, tajribali Kapadzening bu boradagi fikrini yuqorida o'qidingiz.

Uning keyingi faoliyati qaysi jamoada davom etadi? Bu juda qiziq savol. Yarim himoyachining agenti Yuriy Belous mijoziga markaziy Evropa, yaqin sharq va Ispaniya chempionati 2-divizionidan qiziqishlar borligini bot-bot takrorlayapti. Rus matbuoti esa buning aksini gapiryapti. Takidlanishicha, agentlar Jaloliddinovni RPL klublariga tekinga taklif qilayotgan ekan. Yani Jasur uchun hech qancha mablag' to'lanmaydi. Belous haqmi yoki aksincha yaqin orada bilib olamiz. Umid qilamizki, Yuriy bu gal "ko'rpasiga qarab oyoq uzatadi".

Yuqoridagi shaxsiy fikrlar edi va ko'p ehtimol bilan xato bo'lishi mumkin. Bolalar futbolida faoliyat yuritayotgan Nodirxo'ja Yuldashev bu voqeaga o'z munosabatini bildirdi: 

"Jasur (Jaloliddinov) endi fikrlab ish qil. Birinchi qiladigan vazifang, Belous bilan shartnomani bekor qilish bo'lsin! Eski ustozlaringni xam eslab qo'y. 

Magazinda qaytim yo'g'ida beriladigan salfetka yoki gugurt emassan! 

Terma jamoadagi o'rningdan xam qo'rqma. Bu yurishda shundoq xam terma jamoada uynay olmaysan".

Qadrli muxlis, bu borada siz qanday fikrdasiz? Katta o'yinlarning katta o'yinchisi bo'lishi kutilgan Jasur agentlari qo'lida "o'yinchoq"qa aylanib qolmadimi?



P.s.: Jasurning o'yin amaliyotisiz qolib ketgani kishini xafa qildi, lekin, agentlari "Lokomotiv"dek jamoani 90 million rublga "tushirgani"ga qoyil qolish kerak.

Faxriddin Ro'ziev, O'zJOKU talabasi

Muallif :
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика