“Lokomotiv”ning rasmiy klub do'koni ish boshladi
23 fev 2018 12:41
Yangiliklar
“Lokomotiv”ning rasmiy klub do'koni ish boshladi
“Lokomotiv” professional futbol klubi ham yangi mavsum startiga qizg'in hozirlik olib bormoqda. Jamoa 1-turda safarda “Qizilqum” mehmoni bo'lsa, ilk uy o'yinini 2-tur doirasida “Metallurg”ga qarshi o'tkazadi. “Lokomotiv” stadionidagi ochilish uchrashuviga tashrif buyuradigan futbol muxlislarini ajoyib yangilik hamda syurprizlar kutmoqda.
SHunday yangiliklardan biri – “Lokomotiv” jamoasining rasmiy do'koni ish boshlagani bo'ladi. Osiyo CHempionlar Ligasi 1-tur o'yini kuni ilk haridorlarini qabul qilgan klubimiz do'koni “Lokomotiv” stadioni kirish qismida joylashgan bo'lib, undan jamoamiz ishqibozlari klub atributkalari, jamoa liboslari hamda sport kiyimlarini harid qilish imkoniga egalar. “LOKO-Store” do'koni haftaning har kuni soat 09: 00dan 18: 00gacha haridorlarga xizmat ko'rsatadi.

SHuningdek, jamoamizning uy uchrashuvlariga tashrif buyuradigan ishqibozlar “LOKO-Food” do'konidan egulik hamda ichimliklar harid qilishlari ham mumkin bo'ladi.
SHuni takidlash joizki, hali bu hammasi emas. “Lokomotiv”ning uy uchrashuvlariga tashrif buyuring va yanada ko'proq yangilik va syurprizlardan baxramand bo'ling.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar