"Lokomotiv"ning OCHLdagi raqibi Georgios Samarasni sotib oldi
04 fev 2015 11:04
Yangiliklar

"Lokomotiv"ning OCHLdagi raqibi Georgios Samarasni sotib oldi
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi o'z safiga Greciya terma jamoasi hujumchisi Georgios Samarasni qo'shib oldi.
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida Toshkentning "Lokomotiv" klubiga raqiblik qiluvchi "Al Hilol" Samaras bilan 3 yillik shartnoma tuzdi.
Eslatib o'tamiz, Greciya terma jamoasida 81ta o'yinda maydonga tushib 9ta gol urgan hujumchi bunga qadar Angliyaning "Vest Bromvich" klubida o'ynab kelayotgandi. U faoliyati davomida Gollandiyaning "Xerenven", Angliyaning "Manchester Siti", SHotlandiyaning "Seltik" klublarida ham o'ynagan.

Fikrlar