“Lokomotiv”ning OCHLdagi raqibi “Al Nasr” g'alaba qozondi
10 jan 2016 14:11
Yangiliklar
“Lokomotiv”ning OCHLdagi raqibi “Al Nasr” g'alaba qozondi
“Lokomotiv”ning Osiyo chempionlar ligasidagi raqibi “Al Nasr” BAA chempionatida navbatdagi tur uchrashuvini o'tkazdi.
Serbiyalik murabbiy Ivan Yovanovich shogirdlari bu tur safarda “Emireyts” mehmoni bo'lib, 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.
SHuni aytish joiz, avvaliga “Al Nasr” 0:2 hisobida g'alaba qozonayotgandi, biroq mehmonlar tanaffusdan so'ng uchta to'p kiritib hisobni 3:2 ko'rinishga keltirishdi va shu tariqa qiyinchilik bilan zafar quchishdi.
Avvaliga jamoaning franciyalik legioneri Jires Kembo-Ekoko hisobni 2:1 ko'rinishga keltirgan bo'lsa, 70-daqiqada Salim Salih hisobni tenglashtirdi. 84-daqiqada esa Burkina Faso fuqarosi Jonatan Pitroypa “Al Nasr”ga g'alaba keltirgan gol muallifi bo'ldi.
“Lokomotiv”ning OCHL 1-turdagi raqibi “Al Nasr” BAA chempionatida uchinchi o'rinda bormoqda. Jamoa 14 o'yindan so'ng 28 ochko to'plagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar