"Lokomotiv"ning OCHL-2018dagi raqibi BAA Superkubogi uchun bahs yuritadi
18 jan 2018 09:01
Yangiliklar
"Lokomotiv"ning OCHL-2018dagi raqibi BAA Superkubogi uchun bahs yuritadi
"Lokomotiv" jamoasining Osiyo CHempionlar Ligasi-2018 guruh bosqichidagi raqibi - BAAning "Al Vahda" klubi kecha BAA Prezidenti kubogi 1/8 final bosqichi doirasida "Emireyts" jamoasiga qarshi bahs yuritdi.
Qiziqarli tarzda kechgan bellashuvda "Vahda" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Qayd etish joizki, Prezident kubogining amaldagi sohibi sanladigan "Al Vahda" o'tgan mavsumda ushbu musobaqa finalida "Al Nasr"dan 3:0 hisobida ustun kelgan edi. Bu esa ushbu jamoaning BAA Superkubogi uchun bellashuvda ishtirok etishini taminladi.

BAA Superkubogi uchun o'yinda "Al Vahda" BAA chempioni sanaladigan - hamyurtimiz Sardor Rashidov faoliyat olib borayotgan "Al Jazira"ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o'yin 20 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar