"Lokomotiv"ning nazorat o'yinlaridagi raqiblari malum
07 jan 2015 16:05
Yangiliklar


"Lokomotiv"ning nazorat o'yinlaridagi raqiblari malum
6-20 yanvar kunlari davomida Birlashgan Arab Amirliklarida o'quv-yig'ini o'tkazadigan "Lokomotiv" yig'in davomida bir necha nazorat uchrashuvlari o'tkazadi.
Dastlabki o'rtoqlik uchrashuvi 10 yanvar kuni Sudanning "Al-Ittihod" klubiga qarshi kechadi. SHundan so'ng, 15 yanvarda Quvaytning SK "Quvayt" jamoasiga qarshi o'yin tashkil etiladi.
Yig'in yakunida - 19 yanvar sanasida esa Ukrainaning "Dnepr" jamoasiga qarshi maydonga tushiladi.
SHuni ham takidlash lozimki, ayni vaqtda "Lokomotiv" safida ikki braziliyalik va 3 nafar rossiyalik futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda. Ushbu futbolchilar haqida keyinroq batafsil malumot beramiz.

Fikrlar