"Lokomotiv"ning navbatdagi o'yini "Al Nasr" bilan
01 may 2016 16:01
Yangiliklar
"Lokomotiv"ning navbatdagi o'yini "Al Nasr" bilan
"Lokomotiv" o'zining navbatdagi uchrashuvini 4 may kuni o'tkazadi. "Temiryo'lchilar" OCHL guruh bosqichi 6-tur doirasida BAAning "Al Nasr" klubiga qarshi bahs olib borishadi.
Mazkur bellashuv "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi va o'yin 20:00da start oladi. Odatga ko'ra o'yindan bir kun oldin menejerlar mitingi hamda har ikkala jamoa murabbiylari va futbolchilar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. O'yinoldi rasmiy tadbir 11:00da, matbuot anjumani esa 12:00da boshlanadi. Har ikkala tadbir ham "Bunyodkor" stadionida tashkil etiladi.
"Lokomotiv" - "Al Nasr" bahsini qatarlik hakamlar boshqarib borishadi.
Bosh hakam: Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim.
Qanot hakamlari: Tolib Salim Al Marri, Ramzan Saed Al Naemi. To'rtinchi hakam: Saud Al Adba.
Hakamlar nazoratchisi: Alzeid Abdurahmon Zeid (S.Arabistoni). Uchrashuv komissari: Mindu Dorji (Butan).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar