“Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri – kim o'zi u?
27 jan 2021 15:22
Yangiliklar


“Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri – kim o'zi u?
So'nggi yillarda biroz bo'lsa-da tarkib jihatdan kuchsizlangan “Loko” yangi mavsumdan tarkibiga qator etakchi, tajribali, legioner futbolchilarni jalb qilmoqda. Bugun chiqqan xabarga ko'ra, Toshkent jamoasi ispaniyalik himoyachi Diego Bardankani o'z safiga qo'shib oldi. Ispan murabbiydan so'ng tarkibga qo'shilgan ispan futbolchi kim, qanday natijalarga erishgani bilan qiziqdik.
1993 yilning 20 mart kuni tug'ilgan Diego o'z faoliyatini dastlab “Valyadolid” jamoasi safida boshladi. Ushbu jamoada bir mavsum harakat qilgach “Atletiko Onubense” klubiga o'tdi. Mazkur klubda 2014/15 yilgi mavsumda harakat qilgan futbolchi, 2015 yilning yozida “Eldense”dan “Levante” safiga ko'chib o'tdi. 1 fevralgacha “Levante”da harakat qilgan Digeo mavsumning ikkinchi yarmini “Real Xaen”da o'tkazdi. 2017 yilning 12 mart kunidan boshlab SIK safida o'ynashni boshlagan futbolchi 2018 yilning yanvar oyida “Ivisa” jamoasiga o'tdi. Mavsum oxirida esa “Gimnastika” jamoasi futbolchisiga aylangan. 2019 yilning fevral oyida “Bytoviy Bytuv” safiga borib qo'shilgan futbolchi, o'sha yilning yozida “Indjiya” azosiga aylandi. 2020 yilning 6 fevral kuni esa “Gorica” futbolchisiga aylandi Bardanka. 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab klubsiz bo'lgan Diego endi Toshkentning “Lokomotiv” safida harakat qiladi.
YouTube tarmog'ida futbolchining namoyish etgan o'yinlaridan lavha ham joylashtirilgan.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar