"Lokomotiv"ning goli qoida buzilgan holda urilgan - O'zFHM
08 noy 2024 12:02
Yangiliklar
"Lokomotiv"ning goli qoida buzilgan holda urilgan - O'zFHM
"Dinamo" – "Lokomotiv" o'yinining 69-daqiqasida mehmonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov dastlab golni hisobga oldi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, holatni o'rgangan referi golni inobatga olmadi va ofsayd qayd etilganini malum qildi. (VIDEO)

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Ofsayd borligi maxsus chiziqlar orqali VAR hakami to'g'ri aniqlagan. Toshkentliklarning 26-raqamli futbolchisi to'p uchun harakat qilgan va darvozabonni chalg'itib, golning qoida buzilgan holda kiritilishiga sababchi bo'lgan. SHu sababli hakamlarda golni bekor qilish bo'yicha etarli asos mavjud. Komissiya tomonidan ularning qarori to'g'ri, deb topildi.
SHu o'rinda, jamoalarimiz va ularning matbuot xizmatidan o'z ishini qilgan holda futbol jamoatchiligi va OAVni asossiz faktlar bilan chalg'itmasligini hamda vaziyatlarga professional tarzda yondashishini so'rab qolamiz. Yana shuni malum qilamizki, har bir uchrashuvdagi bahsli vaziyatlar va hakamlarning qarori Markaz hamda maxsus komissiya tomonidan nazorat qilib boriladi", – deyiladi bayonotda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Винисиус "Реал"дан йилига 30 млн. евро талаб қиляпти, аммо "Реал"...
Ла Лига. "Реал" "Эльче" билан ўйинда қоқилди, аммо биринчи ўринда қолди — "Барселона" билан орадаги фарқ 1 очко
Fikrlar