"Lokomotiv"ga kumush medallar topshirildi (Foto)
25 dek 2013 10:00
Yangiliklar


"Lokomotiv"ga kumush medallar topshirildi (Foto)
Kecha poytaxtimizdagi O'zbekiston mehmonxonasida, "Lokomotiv" jamoasiga kumush medallarni topshirish maroisimi bo'lib o'tdi.
Tan-tanali marosimda klubning bosh homiysi, O'zbekiston temir yo'llari kompaniyasi rahbari Ochilboy Ramatov futbolchilarni tabriklar ekan, quyidagilarni aytib o'tdi:
- Biz sport uchun pul ayamaymiz. Sport mamlakat faxri va ishonchi. Bu orqali biz dunyoda o'z o'rnimizga ega bo'lamiz. SHuning uchun sizlarga barcha shart va sharoitlarni yaratib berishga harakat qilamiz. Yangi mavsumda Sizlardan O'zbekiston chempionligini kutamiz. SHu yo'l bilan OCHLda to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishingiz mumkin.
SHundan so'ng O'FF vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev va PFL direktori Farhod Magometov futbolchilarga tan-tanali ravishda kumush medallarni topshirdilar.

Fikrlar