"Lokomotiv"ga gol urgan Alisher Jalilov: "Uzoq masofa bosib kelgan muxlislarga tashakkur"
21 jan 2020 22:04
Yangiliklar
"Lokomotiv"ga gol urgan Alisher Jalilov: "Uzoq masofa bosib kelgan muxlislarga tashakkur"
OCHL-2020 saralashi doirasida Tojikistonning "Istiqlol" klubi Toshkentda mezbon "Lokomotiv" ustidan g'alaba qozondi.
Ushbu g'alaba ularga pley-off bosqichiga yo'llanmani taqdim etdi. O'yindan keyin mehmonlar etakchisi Alisher Jalilovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Og'ir va oson bo'lmagan o'yinni o'tkazdik. G'alabadan xursandmiz. Raqibimiz to'p bilan yaxshi muomala qilishini bilar edik. SHunga yarasha taktika asosida harakat qildik. Rejalarimiz amalga oshdi. Maqsadimiz guruh bosqichiga chiqish. Keyingi o'yinni o'ylashimiz lozim. Fursatdan foydalanib uzoq masofa bosib kelib, stadionda bizlarni qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytaman. Futbol muxlislarsiz o'z jozibasini yo'qotadi. Ular ajoyib muhit hosil qilishdi", - dedi uchrashuvdagi yagona gol muallifi Alisher Jalilov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar