"Lokomotiv"ga faqat g'alaba kerak yoxud bugungi o'yinga doir faktlar
08 apr 2015 12:22
Yangiliklar

"Lokomotiv"ga faqat g'alaba kerak yoxud bugungi o'yinga doir faktlar
Toshkent, 8 aprel - Xabaringiz bor, bugun "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining 4-tur doirasida "Al Sadd"ga qarshi bahs olib boradi.
Guruh jadvalidan kelib chiqib aytganda, "Lokomotiv"ga "Al Sadd" bilan kechadigan bellashuvda faqat g'alaba kerak. Zero "temiryo'lchilar" hozircha bir ochko bilan oxirgi o'rinda borishyapti. "Al Sadd" esa 7 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. SHuningdek, "Al Hilol" hisobida 4 ochko, "Fulad" hisobida esa 3 ochko mavjud.
Agar bugun "Lokomotiv" zafar quchadigan bo'lsa, jadvalda uchinchi o'ringa ko'tarilib oladi. Buning uchun "Fulad" safarda "Al Hilol"ga imkoniyatni boy berishi kerak bo'ladi. "Lokomotiv" - "Al Sadd" bahsi bugun TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti - 16:00. "Al Hilol" - "Fulad" uchrashuvi esa Toshkent vaqti bilan 22:45da start oladi. Quyida "Lokomotiv" - "Al Sadd" o'yiniga doir bazi malumotlarni keltirib o'tamiz.
"LOKOMOTIV"
- Jamoa hamon ilk g'alaba nashidasini surish ilinjida. CHunki "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasida hozircha zafar quchgani yo'q. Jamoa o'z maydonidagi avvalgi o'yinda "Fulad" bilan 1:1 hisobini qayd etdi.
- "Lokomotiv" uchta o'yinda o'z darvozasidan 10ta gol o'tkazib yubordi. Bu esa juda xunuk ko'rsatkich hisoblanadi. Bu yilgi ishtirokchilar orasida birgina Vetnamning "Bin Duong" klubi "Loko"ga nisbatn bitta ko'p gol o'tkazgan - 11ta.
- Himoyachi Salim Mustafoev sariq kartochkalari ikkita etgani tufayli bugungi bahsni o'tkazib yuboradi. Avvalgi o'yinda ishtirok eta olmagan Lutfulla To'raev esa bu safar maydonga tushishi mumkin.
"AL SADD"
- O'tgan o'yinda qayd etilgan 6:2 hisobi OCHLdagi eng yirik g'alaba sifatida tarixga kirdi. "Al Sadd"ning bungacha eng yirik g'alabasi 2011 yilda ro'y bergan bo'lib, ular Suriyaning "Al Ittihod" klubini 5:1 hisobida engishgan.
- "Al Sadd" bungacha O'zbekistonda uch marta to'p surgan, ikki marta mag'lubiyatga uchragan ("Neftchi" bilan o'yinlarda) va "Paxtakor"ga qarshi durang qayd etgan.
- "Al Sadd" oxirgi bor safarda 2011 yil "CHonbuk Motors" ustidan g'alabaga erishgan. Jamoa shundan beri safarda oltita o'yin o'tkazgan bo'lsa, birortasida ham uch ochkoni qo'lga kirita olmagan.
- Xalfan Ibrohim guruh bosqichida uchta to'p kiritdi. U OCHLdagi gollari hisobini 14taga etkazib oldi.

Fikrlar