"Lokomotiv"da 1 iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bilan tadbir tashkil etildi VIDEO
01 iyu 2021 16:31
Yangiliklar
"Lokomotiv"da 1 iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bilan tadbir tashkil etildi VIDEO
Bugun 1 iyun - bolajonlar uchun ajoyib bayram.
Butun dunyoda shu kun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanadi.
Kuni kecha "Lokomotiv" stadionida bolajonlar kuniga bag'ishlab katta futbol festivali tashkil etildi. Ushbu tadbirda "Lokomotiv" futbol maktabida tahsil olayotgan kichik yoshdagi guruhlar ishtirok etib, asosiy jamoamiz uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadionda maza qilib futbol o'ynashdi.
Festival davomida yosh futbolchilarga U-21 jamoasi azolari Ulug'bek Sunnatov, Nurmuhammad Toshpulatov va Rahmonjon Ro'ziev bolakaylarga to'p bilan ishlash mahoratini ko'rsatib berishdi, shuningdek katta maydonda o'zaro futbol o'ynashdi. Festival maktabimiz tarbiyalanuvuchilariga maqul kelib, bir olam quvonch olishdi.
Fikrlar