"Lokomotiv" "Yuventus" qiziqqan 19 yoshli forvardni xarid qilmoqchi
05 may 2020 12:17
Yangiliklar


"Lokomotiv" "Yuventus" qiziqqan 19 yoshli forvardni xarid qilmoqchi
Moskvaning "Lokomotiv" klubi vakillari yozgi transferlar oynasida hujumchi xarid qilishni rejalashtirishmoqda.
"Temiryo'lchilar" "Flamengo"ning 19 yoshli hujumchisi Linkolnning transferiga jiddiy qiziqishmoqda. Oldinroq, braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Yuventus" qiziqish bildirgan va unga 15 million evro taklif qilgandi, ammo transfer yakunda amalga oshmagan.
Linkolnning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning dekabriga qadar mo'ljallangan. Uni xarid qilish narxi chet el klublari uchun 45 million evroni tashkil etadi. Ammo, forvard joriy mavsum "Flamengo"ning asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va mavsum davomida jami 5 daqiqa harakat qildi.
Braziliyaliklar ham Linkolnni sotib yuborishmoqchi. "Lokomotiv" esa tez orada taklif yuboradi. Transfer narxi esa 5,4 million evroga baholanmoqda.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar