“Lokomotiv” yoshlari bugun erta tongda Moskvaga yo'l oldilar
02 noy 2016 13:56
Yangiliklar
“Lokomotiv” yoshlari bugun erta tongda Moskvaga yo'l oldilar
“Lokomotiv” (Moskva) klubi va Rossiya Sport federaciyasi sport musobaqalarini o'tkazish bo'limi hamkorligida “LOKO Cup 2016” musobaqasida ishtirok etish uchun uchib ketdilar. Moskvada o'tkazilayotgan ushbu musobaqada 8ta klub 2 guruxga bo'lingan holda ishtirok etadi. Ular orasida Moskvaning kuchli “CSKA” va “Lokomotiv” bilan bir qatorda O'zbekistondan Erkin Saidov boshchiligida futbol maktabi ham taklif etilgan. Jamoamiz Stanislav Proxorov (2008) va Sunnatilla Abdurasulov (2007) murabbiyligi ostida bu musobaqada ikki tarkib bilan ishtirok etadi. Musobaqadan maqsad Mustaqil davlatlar hamdo'stligi hududlarida joylashgan “Lokomotiv” klublarini birlashtirish va kuchli futbol ittifoqini tashkil etishdan iborat.
Musobaqaga ertaga start beriladi va yosh “temiryo'lchilar” ikki tarkibi o'yinni “Lokomotiv” (Perovo) klubiga qarshi maydonga tushadilar.
Xabaringiz bor, “Lokomotiv” kuchli, boy tarixga ega klublar “Sepaxon” (Eron), “Flitvud Taun”, “Liepaya” (Latviya) klublari bilan o'zaro hamkorlik memorandumlarini imzolagan va ushbu klublar istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda. Ushbu musobaqa davomida klubimiz vakillari va rus klublari raxbariyatlari bilan rasmiy o'zaro uchrashuvlar belgilangan. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'p surayotgan Moskvaning “Lokomotiv” klubi raxbariyati bilan 5 noyabr kuni rasmiy uchrashuv o'tkaziladi. Bu uchrashuvdan ko'zlangan maqsad kelajakda sport infratuzilmalari, marketing, musobaqalar tashkil etish, muxlislar bilan ishlash, o'zaro murabbiylar, futbolchilar almashish, ikki Rossiya va O'zbekiston xududida o'quv yig'inlarini tashkil etish, medecina va sog'lom turmush tarzini targ'ibot masalari bo'yicha hamkorlik qilishdan iborat.
O'ylaymizki, bunday musobaqalar va uchrashuvlar yosh futbolchilarimiz va o'zbek futbolini yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Jamoamizga ushbu musobaqada omad tilaymiz.
Fikrlar