“Lokomotiv” yig'inida serbiyalik futbolchi
20 jan 2016 17:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/195859_original.jpg)
![](/upload/storage/195859_220.jpg)
“Lokomotiv” yig'inida serbiyalik futbolchi
U bugundan etiboran mashg'ulotlarni boshlab yubordi.
To'liq ism-sharifi Nenad Predragovich Inyac bo'lgan hujumchi 1985 yil Belgrad shahrida tug'ilgan. O'z mamlakati klublaridagi faoliyatidan tashqari 2008 yil Permning “Amkar” klubi sharafini himoya qilgan. O'sha vaqtlar “Amkar”ni Miodrag Bojovich boshqarib borardi. Uning boshchiligida permliklar Rossiya chempionatining 4-pag'onasiga qadar ko'tarilishgan.
Inyac keyingi mavsumdan etiboran Nijniy Novgorodning “Volga”sida to'p surgan. 2010-2011 yilgi mavsumlarni Belgradning “OFK” klubi safida o'tkazgan hujumchi, 2011 yilga kelib Osiyo qitasiga tashrif buyurdi hamda Saudiya Arabistonining “Al-Ansor” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2013-14 yilgi mavsumlarda Qozog'istonning “Atirau” klubida o'ynadi.
So'nggi ikki mavsumni Serbiya chempionatida o'tkazgan 30 yoshli Nenad Inyacning keyingi taqdiriga Dubaydagi yig'indan keyin oydinlik kiritiladi. Uning harakatlari Mirko Elichich boshchiligadagi murabbiylar shtabiga maqul kelsa, “Lokomotiv” safida qolishi mumkin. Yo'qsa, unga javob berib yuboriladi.
Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” yig'inida shuningdek chernogoriyalik hujumchi Ivan Vukovich ham bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar