So’nggi yangiliklar

13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  1 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  3 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  32 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  8 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  171 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  2

"Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikni keyingi yildan boshlaydi Yangiliklar

"Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikni keyingi yildan boshlaydi

Garchi jamoa Superligani tark etib, mavsumni Pro ligada o'tkazsa-da, klub rahbariyati jamoa oldiga bir yilning o'zida Superligaga qaytish vazifasini qo'ydi.

SHu boisdan klub rahbariyati va murabbiylar shtabi tomonidan yangi mavsum uchun rejalar jiddiy tarzda ishlab chiqilmoqda. Ayni damda jamoa tarkibiga yangi olib kelinadigan futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Muzokaralar yakunlanganidan so'ng tarkibdagi yangiliklar bilan ham tanishtirib o'tiladi.

Jamoa mavsumga tayyorgarlikni 2023 yilning 6 yanvar kunidan "Lokomotiv" qarorgohida boshlaydi. Ushbu kichik yig'in 19 yanvarga qadar davom etadi va jamoa 20 yanvar kuni tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini o'tash uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketadi.

Turkiya yig'ini doirasida "Lokomotiv" 6 ta sinov-nazorat o'yinida qatnashadi. Hozircha shulardan ikki o'yinning raqibi va sanasi aniq:

22.01.2023

"Lokomotiv" - "Krasnodar-2" (Rossiya)

27.01.2023

"Lokomotiv" - "Dukajini" (Kosovo)

Yig'in doirasidagi qolgan uchrashuvlar uchun raqiblar bilan muzokaralar davom etmoqda. Bu boradagi malumotlarni keyinroq tanishtirib o'tamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика