So’nggi yangiliklar

10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  1 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  1 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  3 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  5 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  19 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  5 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2

"Lokomotiv" yangi futbolchilarni taqdimot marosimini o'tkazdi (to'liq) FOTO Yangiliklar

"Lokomotiv" yangi futbolchilarni taqdimot marosimini o'tkazdi (to'liq) FOTO

Toshkentning "Lokomotiv" klubi yangi mavsum oldidan o'z tarkibiga qo'shib olgan futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi.

Tadbir uch qismdan iborat bo'ldi. Dastlab klub rahbariyati va murabbiylar yangi mavsumga ko'rilgan tayyorgarlik haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

To'labek Akramov ("Lokomotiv" klubi bosh direktor o'rinbosari): Barchani yangi 2018 yilgi futbol mavsumi boshlanayotgani bilan tabriklayman. "Lokomotiv" yangi mavsumni amaldagi chempion va kubok sohibi sifatida boshlaydi va bu shu o'rinda jamoamiz zimmasiga yuqori masuliyat yuklaydi. Maqsadimiz doimgidek yuqori, yani chempionlik hamda kubokni munosib himoya qilish. SHuningdek, OCHLda ham imkon qadar uzoqroqqa borish. O'ylaymanki, bu yilgi mavsumda jamoamiz xalqaro musobaqada ham muvaffaqiyatli qatnashadi. Jamoamiz yangi mavsumga taraddudni dastlab BAAda, keyinchalik Turkiyada davom ettirib qaytdi.

"Lokomotiv" o'z tarkibiga kuchli va barchaga tanish bo'lgan yuqori malakali futbolchilarni qo'shib oldi. Rashidov yoki Karimov haqida ortiqcha tarif berishga hojat yo'q. Husniddin G'ofurovni esa yurtimizga qaytardik. Bu futbolchi hozircha milliy chempionatimizda ishtirok etmagan va o'ylaymanki, joriy mavsumda o'z o'yinlari bilan muxlislarda iliq taassurot qoldiradi. SHuningdek, Janubiy Koreyadan CHo Suk Jay, braziliyalik Nivaldo hamda o'tgan mavsumni AGMK jamoasida o'tkazgan Igor Yelichni jamoaga qo'shib oldik.

Yangi mavsumda jamoamiz yangi titul homiysi Orient Finans Bank logotipi tushirilgan libosda harakat qiladi. SHuningdek, "Alskom" sug'urta kompaniyasi bilan ham ikki taraflama manfaatli shartnoma imzoladik.

Keyinchalik tushunmovchilik kelib chiqmasligi uchun hozirdan shuni aytib o'tmoqchimanki, jamoamiz OCHLdagi dastlabki turni hozircha eski libosda o'tkazadi. CHunki yangi libosimiz hali to'liq tayyor emas. Tez orada yangi titul homiyimiz logotipi tushirilgan yangi formalarimiz keladi. Yangi liboslarimiz dizaynini ijtimoiy tarmoqlarda taqdim etganmiz.

Mirko Yelichich (jamoa murabbiyi): "Lokomotiv" o'z oldiga doimo yuqori vazifalarni qo'yadi. OCHLda bizning oldimizga qo'yilgan eng minimal vazifa bu guruhdan chiqish. Yangi kelib qo'shilgan futbolchilar jamoamizga qo'shilib, ko'nikib ketishi uchun biroz vaqt talab etiladi. O'ylaymanki, ular jamoamiz o'yinini kuchaytirishadi. Biz yangi mavsumga tayyormiz. Rashidovning jismoniy tayyorgarligidan mamnunman. To'g'ri, u malum vaqt o'yin amaliyotisiz qolib ketgandi. Lekin Rashidovning hozirgi holati meni qanoatlantiradi. Yelichni qaysi poziciyada ko'proq o'ynataman? Bilasiz, Maxaradze 2 mavsumdan buyon uzluksiz o'ynab kelmoqda. Bizga aynan Maxaradze singari ham tayanch zonasi hamda himoya markazida o'ynay oladigan futbolchi kerak edi. Yelich aynan shu sifatlarga ega o'yinchi. Yangi mavsumda Yelichni vaziyatga qarab har ikkala poziciyada o'ynatmoqchiman.

Andrey Miklyaev (bosh murabbiy): BAAdagi yig'in juda samarali o'tdi, deb bemalol ayta olaman. Biz o'z o'ylagan rejalarimiz doirasida yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Jamoa safini to'ldirgan futbolchilar o'yinimizni kuchaytirishi lozim.
O'ylaymanki, tarkibimiz juda raqobatdosh. Bu esa jamoamiz futbolchilarini bir daqiqa bo'lsada bo'shashishiga yo'l qo'ymaydi. Jamoamiz esa har qanday raqibga kurash taklif etishga qodir.

Keyinchalik taqdimot marosimida "temiryo'lchilar" safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarga "Lokomotiv" liboslarini tantanali ravishda taqdim etildi. Liboslarni futbolchilarga klub bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov topshirdi.


Nivaldoga 6-raqam, Sardor Rashidovga 27-raqam, SHerzod Karimovga 8-raqam, Igor Yelichga 88-raqam, CHo Suk Jaega 99-raqam, Husniddin G'ofurovga 19-raqam topshirildi.

SHundan so'ng jamoa tarkibiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Nivaldo: "Yangi jamoaga o'tganimdan xursandman. "Lokomotiv" o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan klub. Aynan shu jihat meni bu jamoaga o'tishimga asosiy turtki bo'ldi.
Avval tayanch yarim himoyasida o'ynaganman? Ha, to'g'ri qayd etib o'tdingiz. Faoliyatimni tayanch yarim himoyachi sifatida boshlaganman. Ammo keyinchalik Rossiya birinchi divizionida o'ynab yurgan kezlarimda bosh murabbiy menga hujumga o'tishni tavsiya qilgandi. SHundan buyon hujumda o'ynab kelaman. O'zimni aynan hujumkor futbolchi sifatida erkin his etaman.
Braziliyada xususiy klubim borligi haqiqat. Men bu klubni tashkil etganimdan asosiy maqsad yosh o'sib keladigan iqtidor egalariga ko'maklashish. Bilasizlar, Braziliyada futbolni juda sevishadi va bu sport turiga bo'lgan muhabbat yuqori. SHu bois o'z qishlog'imdagi yoshlar uchun shaxsiy klubimni ochganman. Yaqinda o'sha jamoamdan 3-4 nafar futbolchi professional futbolga qadam qo'ydi. Ularga yordamim, ko'magim tegayotgani meni xursand qiladi.
5 ballik tizimda o'zimga necha ball qo'yaman? 10 ball (kuladi). Braziliyalik futbolchilar orasidan Neymar 10 ballga loyiq futbolchi. Men esa uning darajasiga chiqishni istayman (kuladi)".

Sardor Rashidov: "Lokomotiv" jamoasiga o'tganimdan xursandman. "Temiryo'lchilar" safida yangi yutuqlarni qo'lga kiritish uchun keldim. O'ylaymanki, OCHLda ham munosib ishtirok etamiz. Maqsadlar yuqori va biz ushbu vazifani bajarishimiz lozim. "Renn" jamoasi? To'g'ri, bu jamoada sobiq ustozim Lyamushi ishlamoqda. Bu borada u bilan suhbatlashdim. Hozirda jamoasida futbolchilar ko'pligi bois "Renn"ga o'tmadim. Meni Franciya jamoasiga o'tishim yoki o'tmasligim yozda hal bo'ladi. Lyamushi meni "Renn"da ko'rmoqchi ekanligini aytib o'tdi. Ammo barcha masala yozda transfer oynasi ochilganidan so'ng malum bo'ladi.
Osiyodan Evropaga yo'l olmoqchidim? Ha, lekin O'zbekistonga qaytishni orqaga tashlangan qadam deb hisoblamayman. Arab futbolidan ko'ra O'zbekiston futboli kuchli. Bu aniq. Qaysi tarafdan orqaga qadam tashladim? Faqat pul taraflama. CHunki arab futboli faqat pul borasida kuchli. O'yin sifati jihatidan bizning futbol ularnikidan ustun. "Lokomotiv"ga o'tish orqaga tashlangan qadam emas. Men faqat pul tarafdan yutqazdim".

SHerzod Karimov: "Paxtakor" bilan shartnomam nihoyasiga etganidan keyin "Lokomotiv" jamoasi menga taklif bilan chiqdi. Bu uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, "temiryo'lchilar" bilan katta yutuqlarni qo'lga kiritaman. Arveladze bilan Yelichichning farqi? "Lokomotiv"da ko'proq pas orqali o'ynash talab etiladi. Kombinacion futbol ustuvor. SHota Arveladze esa asosan standart vaziyatlariga tayanib o'ynaydi".

Igor Yelich: "Men uchun O'zbekiston chempionati begona emas. Men bu erda o'tgan mavsum ham ishtirok etganman. Nega "Lokomotiv"ni tanladim? CHunki "temiryo'lchilar" O'zbekistonning eng kuchli jamoasi. AGMK bilan "Lokomotiv"ning asosiy farqi nimada? Eng asosiy farqi "Loko" OCHLda o'ynaydi. SHuningdek, o'z oldiga qo'yiladigan vazifalar ham tubdan farq qiladi. SHuningdek, bu erda jamoa asosan paslar orqali o'yinni quradi. AGMKda esa murabbiy himoyaviy o'yinga etibor beradi. Oldingi chiziqdagi harakatlar asosan standart vaziyatlariga bog'liq. Hamma murabbiyning ish uslubi har xil".

CHo Suk Jae: "Yangi jamoaga kelib qo'shilganim uchun faxrdaman. "Lokomotiv" nafaqat O'zbekistonning, balki Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ular tomonidan tushgan taklif meni qiziqtirib qo'ydi. Koreya bilan O'zbekiston futbolida katta farq yo'q deb hisoblayman. Bizda asosan jismonan kuchli futbol namoyish etishadi. O'zbekistonda ham bu jihatga alohida etibor qaratishlarini bilaman".

Husniddin G'ofurov: "Serbiyadagi faoliyatim tugadi. "Lokomotiv"dan tushgan taklif meni o'zbek futboliga qaytardi. Serbiyada ko'proq kuchga tayangan futbol o'ynaladi. O'yinlarda ko'p kuch yo'qotasiz, ko'p yugurasiz. O'zbekistonda esa ko'pincha to'p bilan muomalaga qaratiladi. Umuman olib qaralsa, katta farq yo'q".

Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика