"Lokomotiv" yangi bosh murabbiy boshchiligida ilk mashg'ulotni o'tkazdi FOTO

Narzulla Saydullayev
19 apr 2018, 18:52
O'zbekistonning 2 karra chempioni - "Lokomotiv" navbatdagi o'yinini O'zbekiston Superligasi 7-turi doirasida o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" jamoasi bugundan yangi bosh murabbiy qo'l ostida mazkur uchrashuvga tayyorgarlikka kirishdi.  Jamoa "Lokomotiv" stadionida mashg'ulot o'tkazdi.  Unda jamoaning barcha a'zolari ishtirok etishdi.  Mashg'ulot jarayoni ancha rangbarang tarzda kechdi.

Quyida "Lokomotiv"ning bugungi mashg'ulotidan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz