"Lokomotiv": Xotira - muqaddas! Bugun Xotira va Qadrlash kuni
09 may 2015 12:48
Yangiliklar

"Lokomotiv": Xotira - muqaddas! Bugun Xotira va Qadrlash kuni
9 may, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan Xotira va Qadrlash kuni deb elon qilingan kun.
Har yili shu kuni xalqimiz Ikkinchi jahon urushida, umuman Vatanimiz mustaqilligi yo'lida jon berganlarni xotirlaydi, qabristonlar ziyorat qilinadi, vafot etganlar xotirasi uchun Quron tilovat qilinadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o'zbek sporti ham o'z yo'lini tanladi. Sport turlaridan futbolga o'zbek futboli deya nom berildi. Mana 24 yildirki O'zbekistonda oliy liga hamda mamlakat Kubogi bahslari o'tkazib kelinmoqda. Afsuski, o'zbek futboli rivoji uchun o'z hissasini qo'shgan ko'plab vatandoshlarimiz hozir oramizda yo'q. Ammo ular hamon xotiramizda, muxlislar ularni doimo yod etib yurishadi.
"Lokomotiv" futbol klubi hozir oramizda bo'lmagan futbol kishilarining xotirasini muqaddas deb biladi. Xabaringiz bor, o'tgan yilning yozida jamoamiz hujumchisi Aleksandr SHadrin bu yorug' olamni tark etdi. Agar SHadrin hayot bo'lganida, hozir 27 yoshni qarshi olgan bo'lardi.
SHuningdek, o'z vaqtida "Lokomotiv"ni direktor sifatida boshqargan Ravshan Usmonxo'jaev ham oramizda yo'q. U kishining xotirasi ham klub uchun muqaddas hisoblanadi. Vafot etganlar xotirasini muntazam yod etib turish maqsadida bolalar o'rtasida turli turnirlar tashkil etish niyatimiz yo'q emas. "Lokomotiv" futbol klubi yaqin orada mana shunday xotira turniri o'tkazish ustida ish olib bormoqda.

Fikrlar