Lokomotiv vakillari ertaga Kuala-Lumpurga yo'l oladi
09 dek 2014 13:40
Yangiliklar

Lokomotiv vakillari ertaga Kuala-Lumpurga yo'l oladi
Ertaga Toshkentning Lokomotiv klubi vakillari Malayziyaga uchib ketishadi.
O'zbekiston Kubogi sovrindori sifatida kelasi yili Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritgan “Lokomotiv” Professional Futbol klubi OFK tomonidan ananaviy tarzda tashkil etiladigan qura tashlash marosimi hamda seminarlarda ishtirok etish uchun ertaga klub vakillari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shaxriga yo'l olishadi.
OFK taklifiga binoan “Lokomotiv” vakillaridan to'rt nafari OFK o'quv-seminarlarida ishtirok etadigan bo'ldi.
Ular: Jamoa bosh direktori o'rinbosari – To'labek Akromov, jamoa boshlig'i – Qobil Yunusov, jamoa matbuot kotibi – Abror Qodirov va jamoa mamuri – Baxtiyor Ismoilov.

Fikrlar